Talabalarning holati
Assalomu alaykum! Ustozlar, ijozatingiz bilan savol so‘rab olsam, biz talabalar pul berib baho olish mumkin emasligini bilamiz. Bizni universitetda o‘qituvchilar ham pul olmaydi, ammo quyidagicha holatlar yuz berishi mumkin.
1. Talabaga baho etmasa ustoz o‘zi qo‘shib beradi talaba so‘ramasa ham.
2. Ustozga yalinib qo‘shtirib oladi, ammo talabani bilimi u bahoga etmaydi
3. Talaba baho qo‘shtirib oladi, bilimi ham etadi. Talaba qo‘shtirib olgan bahosi tufayli ko‘proq stipendiya oladi. Shulardan qaysi biri orqali olgan stipendiyasi halol bo‘lmay qoladimi? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Loyiq bo‘lmay olgan narsasi halol bo‘lmaydi. Aslida niyatni go‘zal qilib o‘tkazilgan har on va qilingan har bir harakat ibodat hisoblanadi. Chunki dunyoviy ilmlarni xalq rivoji, sog‘ligi, ibodatdagi engilliklariga ko‘mak bo‘ladiganlari farzi kifoya hisoblanadi. Shuni yoniga ustoz va talabalarning namoz va ro‘zalari bo‘lsa, dunyoni ham oxiratni ham topadilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar