"Tib va dam" kitobi Sehrlanish yoki o‘g‘lim sehrlanmaganmi?
Hurmatli Ustoz!Yaqinda sizning "Hadis va Hayot" ruknidagi "Tib va dam" kitobingizni o‘qidim. Undagi Sehr mavzusiga e‘tiborim tortildi. Chunki sehrlanganlarning alomatlari va belgilaridan ko‘pchiligi o‘g‘limda (16 yosh) yaqqol namoyon ko‘rinadi. Masalan, uning bir-bir boshi og‘rib turadi, ba‘zida ko‘p terlaydi, ishtahasi yomon, ozib ketgan, uzrsiz hafa bo‘ladi, achchig‘i chiqaveradi, odamlar bilan muomalasi durust emas, juda dangasa va hakozo. Hatto unga Alloh :jjning kalomi, ibodatlar, namoz, kitob o‘qish va shunga o‘xshagan ammallar to‘g‘risida gap ochilsa, ta‘sirlanish emas, balki asabiylashish alomatlarini ko‘rsatadi. Uning qiziqishi faqat kompyuter o‘yinlari, televizorga qarab yotish, tushunarsiz musiqalarni ("rep" deyiladi) eshitib yotish (ularning so‘zlarini yodlab olishga erinmaydi) va hakozo. Kuni-kecha, "o‘glim, kel sanga bir duo qilib dam solib qo‘yamiz", desam, asabiylashib, achchig‘i chiqib qarshilik qildi (bu ham sehrlanib qolganga bir belgi emasmi?). Balki man biroz shosholib bu qarorga kelayotgandirman. Ammo o‘g‘limning xulqi-atvorini yaxshi tarafga o‘zgartirishga maslahat bera olasizmi? Agar sehrlangan, ko‘z tekkan yoki jin-shaytonning ta‘siri deb taxmin qilsak, sizning kitobingiz asosida o‘zimiz dam solish ishlarini qilsak durustmi yoki domlalar oldiga olib boraylikmi? Xullas, bu borada yordam so‘rayman.Oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oldin tabiblarga olib boring. Ular bizning sohamiz bo‘yicha sog‘ desa, keyin boshqa tarafga murojaat qilasiz. Menimcha, bolangiz dangasalik va kompyuter «dardiga» chalingan.
29 Aprel 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oldin tabiblarga olib boring. Ular bizning sohamiz bo‘yicha sog‘ desa, keyin boshqa tarafga murojaat qilasiz. Menimcha, bolangiz dangasalik va kompyuter «dardiga» chalingan.
29 Aprel 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush