Buncha Dard nima uchun ?
Assalomu alaykum! Man 18 yoshdaman. Mani yoshligimdan buyon har-xil dardlar jonimni qiynoqqa soladi. Chaqaloqligimdan kunim shifoxolarda o‘tgan. Doim kasalliklar manga yopiship kelaveradi. 2 yil oldin og‘ir operatsiya bo‘ldim, raxit tufayli. Xozirda ichimda metall bilan yuribman. Qovurg‘amga shurublab qo‘yilgan. Ustiga-ustak tilimda nuqsonim bor. Odamlar oldida bir og‘iz gapni eplab gapirolmayman. Bu juda qiynavordi mani. Kechalari Ollohimga faryod qilib yig‘layman goxida. Mexnat qilish uchun jismoniy imkoniyatim yuq, og‘ir ish qilish mumkin emas. Gapirish kerak bo‘lgan payt o‘zim gapirolmay qolaman ayrim payt, o‘rnimga o‘rtoqlarim yoki boshqalar gapirishadi...(. Hali hanuz mani muammrlarimni akam va onam xal qilishadi vaholanki kap-katta bola bo‘ganman. Manam sog‘lom inson bo‘lishni xoxlayman, boshqa odamlarga o‘xshab o‘zim muammolarimni o‘zim echib, o‘z mexnatim bilan o‘zimni o‘zim ta’minlashni xoxlayman. Lekin afsuski Ollohim bunday narsalarni manga bermagan.. Yaqinda bir ish boldi, man bu dunyoda eng nafratlangan narsalarimdan biri, gunohi kabira bo‘lmish Zinodan orttiriladigan kasallikka yo‘liqdim(spit emas boshqa turi). Vaholanki bundan ishlardan jirkanaman va yaqiniga xam yo‘lamayman. Aniqlashimizcha umumiy xammomdan yuqtirgan ekanman(yotoqxonada yashayman, student). To‘g‘risi emagan somsamga pul to‘ladim. Bu xolatlardan zerikib kettim torisi, xuddi Hayot mani xar tomonlama qisib qoyayotganday.. Umuman hayotga qiziqish qolmayapti kundan-kunga. 3 oy avval namoz o‘qishni boshladim, Ollohdan so‘rash maqsadida. To‘g‘ri xar qanaqa xolatda xam Ollohga shukr qilish kerak.. man har doim shukronalar aytaman, lekin negadir yana shunday xolatlar kuzatilaveradi.. Iltimos silardan savollarimga javob bersaniz :buncha dard qaerdan ? Nimaga doim man qo‘rqqan narsalarimga yo‘liqaman ? Nima uchun 1 ta jonga shuncha dard ustma-ust berilaveradi ? yoki Olloh manga nimanidir tushuntirmoqchimi yoki nimanidir xoxlayaptimi ? agar shunday bo‘lsa ular nima ? Iltimos sizlardan batafsil to‘xtalib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat. Olloh ilmingizni bundan xam ziyoda qilsin !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».Ushbu hadisni Termiziy rivoyat qilgan.Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: أَحْصُوا لِي كَمْ يَلْفِظُ الْإِسْلَامَ؟ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَتَخَافُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ مَا بَيْنَ السِّتِّ مِائَةٍ إِلَى السَّبْعِ مِائَةٍ، قَالَ: إِنَّكُمْ لَا تَدْرُونَ لَعَلَّكُمْ أَنْ تُبْتَلَوْا، قَالَ: فَابْتُلِيَنَا حَتَّى جَعَلَ الرَّجُلُ مِنَّا لَا يُصَلِّي إِلَّا سِرًّا Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. U zot:«Menga Islomni (kalimai shahodatni) necha kishi talaffuz qilganini sanab beringlar», dedilar.«Ey Allohning Rasuli, biz olti yuz bilan etti yuz orasida bo‘lsak ham, bizga yomonlik bo‘lishidan xavf qilasizmi?» dedik.«Sizlar bilmaysizlar, ehtimol, hali balolarga duchor bo‘larsizlar», dedilar. Darhaqiqat, balolarga duchor bo‘ldik. Hatto ba’zilarimiz namozni faqat berkitib o‘qiydigan bo‘ldi».Sharh: Islom yangi tarqalayotgan paytda shunga o‘xshash qiyinchiliklar juda ham ko‘p bo‘lgan. Islom uchun musibatga uchrash qadimdan ma’lum va mashhur. Shuning uchun Islom yo‘lida yurganlarga bu narsa doimiy ravishda eslatib turiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat