Kompyuter dasturlari

Assalomu alaykum! Ma’lumki hozirgi kunda kompyuter dasturlarini bilish har bir injener uchun zarur. Lekin hozir bu dasturlar ancha qimmat turadi. Misol uchun oddiy kompyuter ishlatish uchun ishlatiladigan Windows dasturi ham ma’lum bir summa turadi. Autocad dasturi 21.000.000 yiliga, 3DMAX 24.000.000 yiliga yana vahokazo. Ko‘chirma nusxalarni ishlatish halol bo‘lmasligini o‘qidik. Lekin hozir meni bu dasturlarni sotib olish imkonim yo‘q. Menga qanday maslahat bera olasizlar? Hozir deyarli barcha korxonalarda ko‘chirma nusxa ishlatiladi. Biz dasturlarni ish davomida ishlatsak daromadimizga harom aralashadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha pulga sotib olganlardan o‘zlari nusxa ko‘chirib berishsa ishlatavering. Chunki kimdir o‘zi shaxsiy mulki qilib sotib olganidan keyin uni xohlagandek qilib tasarruf qilishi mumkin. Faqat tijorat qilib sotmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar