Namozdagi "Bismillah"ni aytilishi

Assalomu alaykum! Sizlarning xayrli ishlaringizni doim kuzatib boraman. Ko‘p savollar bermoqchi bo‘laman, lekin mehnat qilib yozib, bizlarga taqdim etib qo‘yilgan kitoblarda bor narsalarni o‘qib, o‘rganish o‘rniga dangasalik bilan sizlardan so‘rashga iymanaman. Izlanib ko‘piga o‘zim javob topyapman. Lekin ba’zi savollarga javob topishda qiynalyapman. Shularga javob yozsangiz. Oldindan rahmat! 1) Namozni boshida "Bismillahi rahmanir rohiym" aytilishini bilaman, lekin Fotiha surasi va zam suralarini o‘qishni boshlashdan oldin ham aytilishi kerakmi? (Chunki maschidlarda imomlar buni aytganlarini eshitmaymiz, ba’zilar "uni ichda o‘qiladi, shuning uchun bizlar eshitmaymiz" deyishadi) 2. "Ibodati Islomiyya" kitobida 10 sajda oyati borligi haqida o‘qidim va ushbu sajda oyatini o‘qiganda sajda qilish kerakligini bilib oldim. Kitobda sajda oyati mavjud suralar nomi keltirilgan, oyat nomi yoki nechanchi oyat ekanligi keltirilmagan. Men Alaq surasini yod olganman va uni Qur’on o‘qish hamda namozda zam sura sifatida ham o‘qib kelaman. Savolim shundaki, 2.1) Alaq surasidagi ushbu sajda oyati qaysi? 2.2) Men namozda ushbu surani o‘qiganimda bir marta qo‘shimcha sajda qilamanmi? 2.3) Sajda oyati o‘qiganda, faqat namoz o‘qiganda sajda qilinadimi yoki uni tilovat qilganda ham sajda qilinadimi? 3) Nima uchun kimnidir hurmat qilsak, uni sizlaymiz-da, lekin buyuk robbimizni, eng buyuk zotni, olamlarni yaratuvchisini "Siz" deb murojaat etmaymiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jahriy namozda jahriy, maxfiy namozda maxfiy qiroatdan oldin Bismillahni aytish sunnat hisoblanadi. Bu Fotiha yoki undan keyin biror bir surani o‘qishga tegishli. Vallohu a’lam!  Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/462

25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar