Eri o‘lgandan keyin ayol
Assalomu alaykum! Yaxshimiszlar meni akam koreada shu yilning yanvarida olamdan o‘tdilar 2 yil oldin holamni qizini mahramlikka olgan edilar(bir qiz farzandlari bor) mana 7 oy vaqt o‘tgan ekan akamni o‘limidan keyn yangam bazi muommolar tufayli uyimizdan chiqib ketdilar. Lekin biz tarafimizdan hech qanaqa taziq hech qanaqa ket deyishlar bo‘lmadi. Shunchaki yangam bir narsani nomimga o‘tqazasan dedilar. Onam esa yo‘q degandan keyin man yashamiman degan. O‘sha kuni momam(buvim) va 2 ta tog‘am ob ketishdi. 1. Er o‘lganidan keyin ayoliga kim ho‘jayin bo‘ladi yoki erni o‘limidan kyn ayol o‘ziga hon o‘ziga bek bo‘ladimi? Akamni qarzlarini men bo‘ynimga olganman yani oilada men erkakman. 2. Yangam narsalarni ob ketdilar, shunda akangiz menga telefon bergandilar o‘shani bering dedilar. Telni berganlarini bilardim lkn yangamga ekanini eshitmaganman. Nima demoqchiman yangam hamma narsasini ob ketdi bu oilada yashamiman yani ajrashdm degan manoga to‘g‘ri kelsa kerak savolim shuki yangam ketgan bo‘lsa akamni beraman degan narsasini yani akam bilan olingan narsalar hammasiga yangam ega bo‘ladilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Er vafot etgach ayolning erki o‘z qo‘lida bo‘ladi. Erning uyida 4 oy-u 10 kun idda o‘tirgach chiqib ketishi mumkin.2). “Tel uzatkan” degandan nimani nazarda tutganingizni tushunmadik. Marhum biror mol-mulk qoldirgan bo‘lsa shariat ko‘rsatmasiga binoan merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi shart. Bu uchun o‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!
7 Dekabr 2023, 15:11 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush