Taloqda ixtilof

Assalomu alaykum! Abu saxbo ibn Abbos aytadi Rasulullox sollallohu alayhi vasallam va Abu bakr zamonida, shuningdek Umar xalifaligining dastlabki davrlarida uch taloq bir taloq deb xisoblanishini bilmasmidingiz? Ibn Abbos roziyalloxu anxumo dedi: Xa bilardim. Mazkur fikrni shayxulislom Ibn taymiya va Ibn Kayyim roximaxullox ixtiyor qilishgan. Bir erda shunday yozilgan ekan bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarga xayron qolasan, mazhabga ergashishni gapirsang sahih hadis turib mazhabga ergashmayman deydi. Bu masalada esa hamma ulamolar uch taloq tushishi hadisi sahih deyishgan. Hatto Saudiya katta ulamolar hay’ati ham uch taloq degandan uch taloq tushishini yakdillik bilan qabul qilishgan. Keyinchalik ba’zi birlari bu fatvoni rad etishdi. Bizni “faqat sahihga ergashamiz” degan birodarlarimiz esa bu masalaga kelishganida “sahihmasini olamiz” deyishdi. Birorta mazhab ulamosi uch taloq desa bir taloq tushadi demagan. Ahli zohirlardan ba’zisi bu gapni aytishgan, ulamolar esa ularga raddiyalarni yozib qo‘yishgan. Mazhabni ushlamaymiz deganlar esa bu borada Ibn Taymiya va Ibn Qoyyum rahmatullohi alayhimlarning mazhabidan chiqmaydilar. Sahih hadislarga esa amal qilishmaydi. Siz keltirgan rivoyatning ma’nosi mutlaqo boshqa. Bir narsani biling Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalaridayoq o‘zlarini ahli Qur’on degan toifa chiqqan. Ular Qur’onda kelgan narsani olamiz undan boshqa narsa masalan hadislarda kelgan narsani umuman olmaymiz deyishgan. Ular haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi hadisni keltirganlar: عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا أُلْفِيَنَّ أَحَدَكُمْ مُتَّكِئًا عَلَى أَرِيكَتِهِ يَأْتِيهِ الْأَمْرُ مِنْ أَمْرِي مِمَّا أَمَرْتُ بِهِ أَوْ نَهَيْتُ عَنْهُ فَيَقُولُ لَا نَدْرِي مُا وَجَدْنَا فِي كِتَابِ اللهِ اتَّبَعْنَاهُ Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men birortangizning supasida yonboshlab yotganida unga men amr yoki nahyi qilgan narsalardan biror ish etsa, zinhor «Buni bilmaymiz, bizga Allohning Kitobida nima kelsa, shunga ergashamiz», deganini topmayin», dedilar».
So‘ng shia firqasi chiqdi. Ular Qur’onni va hadislarni tan olamiz, lekin hadislardan o‘zimizning imomlar rivoyat qilganlarinigina olamiz deb hozirgi kunda Sahih Buxoriy, Sahih Muslimlarni birortasini tan olishmaydi. Keyin ahli hadis degan toifa chiqdi. Ular Qur’onni tan olishadi, hadislarni tan olishadi, lekin sahobalarning ijmosi hamda qiyosni tan olishmaydi. Siz aytgan masala ham sahobalar ijmo qilgan masalalrdan. Ahli hadisman degan va ularga ergashganlar hazrati Umar roziyallohu anhu va o‘sha davrdagi sahobalar ijmo qilgan masalani xato deyishadi. Ahli sunna val jamoa ulamolari Qur’onni ham hadisni ham va ijmoni ham dalil deb oladilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar