Allohni 99 ismini yodlagan jannatiy bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Men bir domlaning maruzasida Allohning 99 ismini yod olsa shubxasiz jannatga kiradi deb eshtdim. Shu xaqida biror bir hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ ِللهِ تِسْعَةً وَتِسْعِيْنَ اسْمًا مَنْ حَفِظَهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ، وَإِنَّ اللهَ وِتْرٌ يُحِبُّ الْوِتْرَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyalohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko‘radi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Alloh toq bo‘lgani va toqni yaxshi ko‘rgani uchun ham Uning go‘zal ismlari to‘qson to‘qqizta bo‘lgan. Kim o‘sha to‘qson to‘qqiz ismni yod olsa, jannatga kiradi. Chunki bu go‘zal ismlarni yod olgan kishi Alloh taoloning go‘zal ismlarini doimo zikr qilib yuradigan banda bo‘ladi.
Ammo bundan Alloh taoloning faqat to‘qson to‘qqizta ismi bor, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Albatta, Alloh taoloning ismlari nihoyatda ko‘p. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 197 | Hadislar