Ota onaga oq bo‘lish yoki taloq berish
Assalomu alaykum! Bir tanishim ota onasiga bildirmasdan 2-xotin oldi. Oradan vaqt o‘tgach ota onasi bilib qolib 2-xotiniga javobini berishini aytishdi. O‘g‘illari esa yo‘q buni sunnatligini agar taloq bersa butun arsh larzaga kelishini aytdi. Bilasizki hozirgi kunda ko‘pxotinlik qonun doirasida nikoh o‘qigan domlani jinoyi javobgarlikka tortilishi haqida qonun kuchga kirgan va bu o‘zbekchilik orasida uyatga ham kiradi. Bu haqida tanishlari xabardor bo‘lgani sari ota onasi yana bir uni javobini berishini aytishdi. O‘g‘illari yana rad javob aytdi. Ota ona farzandini oq qilishdi. Butun arsh larzaga kelishi bilan ota onaga oq bo‘lish qaysi biri to‘g‘ri? Ota onani bu masaladagi oq qildim deganlari bilan farzandlari oq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bilan farzand oq bo‘lmaydi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ikkinchi uchinchiga uylanayotganlar sunnatligi uchun degan gapni gapirmasinlar. Balki birinchi uylanayotganlarga uylanish vojib, sunnati muakkada, gohida harom va makruh bo‘lganidek ba’zi bir kishilarga ikkinchi yoki uchinchisiga uylanish ham shu darajada bo‘ladi. Afsus o‘zi ijarada turib 2-3-ga uylanganlar ham uchramoqda. Shuningdek hamma tomondan imkoniyatga ega bo‘laturib 2-3-ayollarga shar’iy yo‘l bilan uylanish o‘rniga zino qilib yurganlar ham juda ko‘p. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush