Taloqning turi

Assalomu alaykum! Batafsilroq ma’lumot bering debsizlar. Aslida bunday vaziyatga tushmaganmiz. Tushib qolishdan ham Alloh asrasin. Faqat ma’lumot sifatida savol bergan edim. Masalan agar er ayoliga javobingni berdim desa – Bir taloq tushadi va yana er xotin kelishib olishsa ayol 3 hayzdan poklanguncha bir biriga qaytsa “Nikoh” shart bo‘lmaydi. Savolim shundayki er xotiniga birinchi marta seni javobingni berdim desa va yana belgilangan vaqt ichida yarashib olishsayu, er yana vaqt o‘tib xotiniga seni javobingni berdim desa, bu ikkinchi taloq bo‘ladimi va bu kichik boin taloqqa aylanib qoladimi yoki yana belgilangan vaqt ichida nikoxida ushlab qolishi mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Javobingni berdim” so‘zidan biznin urfda taloq tushadi. Undan raj’iy taloq tushadimi yoki boin taloq tushadimi buni biz qat’iy aytolmaymiz. Bunga shu tilda gapiruvchi ulamolarning ijmosi kerak. Ehtiyoti “undan boin taloq tushadi deb” olish deb bilamiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar