Gano dermadagi moliyaviy piramida

Assalomu alaykum! Mening yoshim 18 da lekin hozircha hech qaerda ishlamayman. Shunga qaramasdan ota-onam Gano shifo markazidagi moliyaviy piramidada kasal topib, dori sotish bilan shug‘ullanadilar va tabiiyki bu moliyaviy piramida deb atalgan tarmoqli bizness haromligi haqida ota-onam shubha qilayaptilar. Shubhaning sababi shundan iboratki, bu ganodermadagi moliyaviy biznesning halolligiga dalil bor ekan, ya’ni bizlar kasallarga dori sotib sog‘lik ulashganimiz uchun ishlash joiz ekan. Shu gaplarni ota onam aytishayapti. Ammo dalil yo‘q. Sizlar bu gaplarga raddiya sifatida shariyatdan yana dalil keltirib javob bersalaringiz, ota-onamga chiroylik tarzda halol yoki haromligini ko‘rsatib tushuntirmoqchi edim. Savol: Gano shifo markazidagi moliyaviy piramidada sog‘lik ulashish uchun ishlash joizmi yo‘qmi? Bu ish tarmoqli bizneslar turiga kiradimi yo‘qmi? Oldindan rahmat. Faqat biz adashib haromga kirib qolmasligimiz uchun javob berishlaringizni iltimos qilib qolaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz 10 yildan beri yuzlab marotaba javoblar berdik. Odam haromga o‘rganib qolsa ajragisi kelmas ekan. U ishda shubha emas mutlaqo harom bor. “Izlash xizmati”dan Gano deb qidirsangiz javoblarni o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar