Ilim olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayol kishi Qur’on o‘qish darslariga qatnaydi, darslar gurux bo‘lib o‘tiladi xar kuni yangi mavzu yangi ilim beriladi, lekin shunday bir paytda ayolda uzrli xolat bo‘lib qoldi. U (ayol) "muallimi soniy" kitobidan foydalanishda davom etsa bo‘ladimi? Savoldan maqsad kitobning oxirida Qur’onning kichik suraralaridan 10-15tasi to‘liq yozilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Kitobni poklik paytida kitobdan ajraladigan muqova ichiga solib qo‘ysin. Shunda kitobni ushlash mumkin suralar yozilgan sahifalarini ushlash joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 144 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar