Boshqa din vakiliga zakot

Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa avvaldan uzr so‘rayman, zakotimni boshqa din vakili bo‘lgan qo‘shniga bersam bo‘ladimi? U nasroniy diniga e’tiqod qilsada yaxshi xislatlarini bilaman yoki berish nojoizmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakot farz ibodati bo‘lib, namoz kabi uning ham bir necha rukn va shartlari bordir. O‘shalardan biri musulmonning qo‘liga mulk qilib berishdir. Bundan boshqa qurbonlik va barcha nafl sadaqotlarni berish joiz. Vaqti kelsa ular siz kabi qo‘shnilarga muhtoj bo‘lsa, ehson qilishlaringiz vojib darajasida bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar