Pensiya xalol bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men 10 yil bo‘ldi kelin bo‘lib tushganman. Shu vaqt davomida qaynonam va qaynopam uyda uy bekasi. Ammo bu yil qaynonam pensiya ola boshladi. Bilsam, 3ta ish joyida 30 yildan beri dokument to‘g‘irlab yurgizib qo‘yilgan ekan. Oylik olmaganlar, ammo pensiya payti kelib nafaqa olyaptilar. Ular boshida 15 yilcha shunchaki borib yurgan ekanlar. Ammo to‘lik ishlamaganlar. Bu pul xalol emasku to‘g‘rimi? Uyda barcha namoz o‘qib, ro‘za tutadi. Shu puldan bilib bilmay men, bolalarim esa xarom luqma bo‘ladimi? Ular oldin xamma shunday qilgan, juda ko‘pchilik xozir shunday pensiya oladi, u birovni pulimas, o‘g‘irlikmas, davlatga qancha soliq to‘lov to‘laymiz. Shundan arzimagani endi qaytib kelyapti deyishadi. Iltimos bu ish noto‘g‘riligi to‘g‘risida ma’lumot berib, kanalingizga ham qo‘ysangiz. Shoyad buni o‘qib ko‘pchilikning ko‘zi ochilsa. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pensya puli aslida inson o‘z hisobidan o‘tkazgan pullari hisoblanadi. Bu to‘g‘ri. Horijiy davlatlarda har bir inson hisobiga qancha pul o‘tkazgani, jamg‘armasi qanchaligidan hamma vaqt xabardor bo‘lib turadi. Chunki bu qarz bo‘lib, umr davomida berib, ma’lum bir yoshga etganidan keyin qaytarib oladi. Shunga ko‘ra kim qancha o‘tkazsa o‘shanchani olishga haqi bor. O‘tkazmagan inson esa birovlarning haqqini o‘marayotgan inson hisoblanadi. Bu esa harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar