Xayol, niyat
Assalomu alaykum! Ayolimning otasi bizga kir yuvish mashinasi va changyutgich olib bermoqchi ekanligidan habar topib qoldim. Ayolim bilan suhbatlashayotgan edik men aytdim: - Agar shu narsalarni uyindagilar olib kelishsa, o‘zing borib tashlab kelasan, dedim. Ayolim: - Agar olib kelishsa nima bo‘ladi? dedi. Men : - Ashnaqa bo‘ladi dedim. Bu gapimni gapirishimdan maqsad " uyinga borib o‘zing tashlab kelasan" deyish edi, lekin shu gapni aytayotganda hayolimdan "taloq tushadi" degan fikr o‘tib qoldi. Albatta ayolimga taloq qo‘yish niyyatim yo‘q edi chunki biz shunchaki suhbatlashayotgan edik, urush janjal ham bo‘lgani yo‘q. 1)Alloh o‘zi saqlasin agar ayolimning uyidagilar o‘sha narsalarni olib kelishsa taloq tushib qolmaydimi? 2) "Niyyat qilish" bilan "hayoldan o‘tkazish" bir xil maʼnoga egami? Mening bilishimcha er o‘z ayoliga aynan "taloq" lafzini ishlatmay "bor boraver,ketaver, yo‘qol" kabi so‘zlarni aytsa va niyyati taloq bo‘lsa taloq tushar ekan. Endi kundalik hayotda ham bu so‘zlar ishlatiladiku. Masalan ayol eriga: - Istirohat bog‘iga olib boring, iltimos. Desa. Er esa: - yo‘q, olib bormayman, desa. Ayol : - nimaga?, Desa. Er : - bor o‘zing boraver, desa va hayolidan vasvasa tufayli"taloq" so‘zi o‘tsa lekin erning maqsadi taloq qo‘yish bo‘lmasa. Shunda ham taloq tushaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu gapingiz bilan taloq tushmaydi.2). Bir xil narsa emas. Siz sanab o‘tgan so‘zlar kinoya lafzlaridir. Unday lafzlar bilan taloq tushishiga hukm qilinishi uchun er shuni niyat qilgan bo‘lishi yoki holat (taloq muzokarasi yoki g‘azab) shunga dalolat qilishi lozim. Ikkisi ham bo‘lmasa u lafzlar bilan taloq tushgan deb hukm qilinmaydi. Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush