Shubhali pul ishlatib qo‘yish

Assalamu alaykum! Kishini shubhali va halol puli bor edi. Shubhali puliga halol puli aralashib ketdi. Aralashib ketgan pulga narsa olindi. Yani kitob. Endi shubhali pulni qiymati aniq bo‘lganligi uchun, o‘sha shubhali pulni oldinga qiymatiga qaytarib qo‘yish uchun halol pulidan qo‘shib qo‘ysa. O‘sha shubhali pul bilan halol pul aralashib ketgandagi pulga olingan narsalar halol(shubxasiz) hukmida bo‘laveradimi? (Gap shundaki cho‘ntagimda shubhali pul bor edi. Boshqa chontagimda halol pulim bor edi. Kitobni qaysi puldan olganimni 100 da 100 eslayolmayabman. Shunga halovatim yo‘qoldi)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol mablag‘dan olgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar