Miyyaga turli shirk fikrlar o‘rnashib qolishi

Assalomu alaykum! Insonning miyyasiga turli shirk fikrlar o‘rnashib qolishi, buni orqasidan inson o‘zini e’tiqodidan shubhalanib qolishi va bu jarayonning juda ko‘p bor takrorlanishining sababi nimada? Agar inson shu sabab shubhalanib qolsa u kofir bo‘ladimi? Ijtimoiy tarmoqlarda bitta kofirning targ‘iboti menga kelib qoldi (qani edi o‘qimaganimda), qandaydir tangriga sig‘inishga chaqiryabdi (nauzibillah), shundan so‘ng o‘zim bilan o‘zim olishib charchadim, huddi ichimda ikkita bo‘lib qolganman, holatimni tushuntira oldim deb o‘ylayman, chuqurroq yozay desam qo‘lim bormayabdi. Menga biror maslahat bersangiz, Alloh qalbimga shifo berarmikin. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh filmlarni ko‘rganlar o‘zlarini mahramlariga fahsh ish qilishdan ham tiyilolmayapti. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson badbo‘y narsani yonidan o‘tganida burnini berkitganidek axlatni ko‘rganida ko‘zini yumganidek ma’naviy axlatlar oldidan o‘tayotganda ham ko‘zini yumishi shart. Siz Laa havla valaa quvvati illaa billah ni to‘xtatmasdan qaytaravering. Davomida Robbig‘fir varham va anta xoryrurrohimiyn ni ham o‘qing. Xayolingizga nima kelsa ham e’tibor bermasdan o‘sha duolarni qaytaring. Vasvasa bilan inson dindan chiqib qolmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar