Jarohatli insonning g‘usl qilishi
Assalomu alaykum! Bilamizki g‘usl qilganda badanning hamma a’zosiga suv etishi kerak. Agar bir inson yaralangan bo‘lsa va o‘sha eriga suv tekkazish mumkin bo‘lmasa, ammo junub bo‘lsa o‘sha eriga suv tekkizmasdan g‘usl qilsa bo‘ladimi? Masalan oyog‘i yaralangan bo‘lib, bir oyog‘ini yarmigacha yuvsa yoki bir ayol kiser ya’ni kesish yo‘li bilan tuqqan bo‘lsa, kesilgan joyiga salafan yopib ustidan suv quysa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday qilish kerak. Jarohat joyiga ho‘l qo‘l bilan mash tortish mumkin bo‘lsa qo‘l bilan mash tortiladi. Agar o‘sha mashdagi namlik ham zarar qiladigan bo‘lsa, jarohat ustiga bint kabi narsa qo‘yib o‘shani ustidan mash tortadi. Qolgan joylarini yuvadi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar