Bu ribomi?

Assalomu alaykum! Masalan telefon toshkentda 500 sum (naqdda) (plastikka 540 sum) uni buxorogacha olib kelishimgacha menga 505 sumga(naqdda), (plastikka 550 sumga) tushadi. Men telfonni naqd puliga 510 ga plastikga sumga sotishimda ribo bormi? Kecha televizorda «Madaniyat va Ma’rifat» kanalidagi ko‘rsatuvda islomshunos akamiz ribo bo‘ladi dedi. Bu gap musulmon insonni hayotini ostun ustun qiladigan gap. Iltimos, shu masalada qani ribo tushuntirib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sotishda yoki naqdga yoki plastikka soting. Ikkisidan birini aniq qilib oling. Bir savdoda ikki shart bo‘lmasin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:30 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar