Taxorat tez ketishi
Assalomu alaykum! Men sizlarga birinchi martta savol yo‘llayabman. Agar xato va kamchilik bo‘lsa uzr so‘rayman. Men besh vaqt namoz o‘qiyman Alxamdulillax. Meni taxoratim tez sinadi, bomdodga taxorat olib kelib namozni boshlayman deganimcha yana taxoratim sinadi. Mendan xavo ko‘p keladi. Namozni bir yil oldin boshlagandim, ilimsizligim tufayli xavo chiqsa xam avrat bilan qo‘shib taxorat olaverganman. Shu paytgacha besh vaqt shunday taxorat olib kelganman. Endi yaqinda o‘rgandim taxorat olishni xozir xavo chiqsa xam, xojatda engilini ushatsam xam taxoratni qo‘ldan boshlashni bilib oldim. Savolim shuki nima maslaxat berasiz shariatda engillik bormi taxorati turmaydiganlarga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bor. Siz tahoratni boshlab vaqt kirgan namozni farzini ado qilguningizgacha (sunnatlarini chiqarib turasiz) tahoratingiz ketib qolaversa sohibi uzr hisoblanasiz. Bunday odam har namozga tahorat olib, tahorati o‘sha uzri bilan ketsa ham namozini o‘qiyveradi. Siz shuni tekshiring. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/586
25 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar