Taomni turib eishdan saqlanish

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishingizni davomli qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning turib eb ichishdan qaytargan hadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنِ الشُّرْبِ قَائِمًا، فَقِيلَ: الْأَكْلُ؟ قَالَ: ذَاكَ أَشَدُّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: ذَاكَ أَشَرُّ أَوْ أَخْبَثُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib ichishdan qaytardilar. Shunda: «Eyish-chi?» deyildi. «U yana ham og‘irroq», dedilar». Termiziy va Muslim rivoyat qilganlar. Muslimning lafzida: «U yana ham yomonroq yoki chirkinroq», deyilgan. Sharh: Demak, tik turib taom yoki ichimlik tanovul qilish joiz emas. Chunki tik turganda odam to‘liq rohat holida bo‘lmaydi. Shuning uchun egani va ichgani ham yaxshiroq foyda bermaydi. Buning ustiga, tik turib eb-ichganda ovqatlar to‘kilishi, isrof bo‘lishi ham bor. Agar mutaxassislar bu holatni yaxshilab o‘rgansalar, albatta, boshqa zararlari ham chiqishi turgan gap. Umuman, Islom madaniyatida o‘zini bilgan odam tik turib na taom eydi, na ichimlik tanovul qiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar