Shariatda erning 2-xotini oldidagi vazifalari
Assalomu alaykum! Dugonam 2 yil avval 1-erlaridan beva 2 farzandi bilan qoldilar. Onalarini 3xona domida kelin va bollari bilan yashaydilar. Ham institutda kontraktda o‘qiydilar. Shu dugonamga bir inson savob qilaman deb nikoxiga olmoqchi bo‘ldi. Dugonam shart qo‘ydilar, ayolingiz rozi bo‘lsagina tegaman deb. Yigit o‘z ayoli va dugonamni tanishtirdi, dugona bo‘linglar dedi. Dugonamni nikoxiga oldi. Oradan 2 oy o‘tmay 1-xotin xar xil tuxmatlar qilib, dugonam bilan erini urishtirdi va o‘zi qaynonasini olib dugonamning ota uyiga va dugonamni marxum erinikiga borib katta janjal uyushtirdi. Shundan so‘ng dugonamning 2-eri u bilan aloqani uzib butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Endi dugonam nima qilarini bilmay qoldi. Javobimni bering desa kuyov aloqaga chiqmay telefonini olmayabdi. Bunday ishga shariat nima deydi? Agar yashashni istamasa eri javob berishi kerakmi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqaga turmushga chiqmoqchi bo‘lsa qanday qilib bo‘lsa ham talog‘ini olishi shart. Idda o‘tirishi ham.Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqaga turmushga chiqmoqchi bo‘lsa qanday qilib bo‘lsa ham talog‘ini olishi shart. Idda o‘tirishi ham.Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush