O‘lganga chiroq qo‘yish
Assalomu alaykum! Yaqinda mahallamizdan bir ayol o‘tdi. Mahalla otinchamiz uy egalariga chiroq qo‘ymanglar Qur’on tilovat qilinglar savob bo‘ladi deb tayinlab ketdi. Lekin chiroq qo‘yish ota-bobomizdan qolgan deb qarindoshi turib oldi. Shunda men u narsa bid’at, kerakmas, Allohga hush kelmaydi desam meni yomon ko‘rishdi. Iltimos chiroq qo‘yish nimaligi haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarga chiroq yoqishdan qaytaribgina qolmasdan, bunday ishni qiluvchilarni la’natlaganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni, qabrlarni sajdagoh qilib oluvchilarni hamda qabrlar ustiga chiroq yoquvchilarni la’natladilar».
Abu Dovud rivoyati.
Bilimsiz kishilar qabrlarga sajda qiladilar, tavof qiladilar, ostonasini o‘padilar, chiroq yoqadilar. Bu ishlarning barchasi shar’an nojoiz, Ahli sunna va jamoa imomlari nazdida harom hisoblanadi. Shariatimiz o‘tganlarni extirom qilishda bu kabi yo‘l tutishdan qaytargan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keyinchalik ummatlari shu ishlarga qo‘l urishi mumkinligini bilib, bundan qaytarganlar. عَنْ عَائِشَةَ ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ : فِي مَرَضِهِ الَّذِي مَاتَ فِيهِ لَعَنَ اللَّهُ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى اتَّخَذُوا قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ مَسْجِدًا ... Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etgan betobliklarida:
«Alloh taolo payg‘ambarlarining qabrlarini sajdagoh qilib olgan yahudiy va nasorolarni la’natladi», dedilar...»
Buxoriy rivoyati. وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ ... وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ «Bilingki, avom xalq tarafidan o‘liklarga atab nazrlar qilish, Allohning do‘stlarining qabrlariga ularga yaqin bo‘lish maqsadida tangalar tashlash, ularga atab sham chiroqlar yoqish botil va harom ishlardir. Bu narsalarga xususan, asrimiz odamlari ko‘proq mubtalo bo‘lganlar» («Roddul Muxtor» kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 139 | Boshqa ibodatlar