Maziy yoki vadiydan poklanish
Assalomu alaykum! Ilmsizligim tufayli juda oddiy savol berib vaqtingizni olayotganim uchun uzrimni qabul etib mendan rozi bo‘ling. Vadiy va Maziydan so‘ng taxorat olish vojibligini bilamiz. Maziy kelganda, undan poklanish uchun zakarni qog‘oz bilan poklab so‘ng taxorat olsa joizmi yoki zakarni suv bilan yuvish kerakmi? 2). Kichik xojatdan so‘ng vadiyni qog‘oz bilan poklansa bo‘ladi deb eshitgan edim. Shu sabab maziydan qog‘oz bilan poklanib, taxorat olib va najas taxminan no‘xotdek va qurib qolib topilmagani uchun namoz o‘qigan edim. Qaytadan o‘qishim kerakmi? 3). Bo‘ydoq bo‘lganim uchun ko‘pincha xattoki jinsiy yaqinlik mavzusiga doir maqola o‘qiganimda maziy kelganimni bilmay qolaman. Ichki kiyimda maziy yoki vadiy bo‘lsa uni yuvish kerak deb o‘qidim. Shunda agar ichki kiyimda piyolaning orqasidan najosat kamroq bo‘lsa yuvmasa ham bo‘ladimi? 4). Najas tekkan kiyimni yuvishni qanday tushinish kerak, ya’ni ba’zi savollarda 3 marta yuvilib kiyim siqilishi haqida yozilgan. Bu rostmi? Agar qurib qolib kichikligidan bilinmay yo topilmasa ham qo‘l bilan tozlash kerakmi? 5). Ba’zan vadiy kelganini bilmay qolamiz, masalan bir bir harakat qilganda sezmay qolamiz va tahoratimiz bo‘lsa namoz ham o‘qiymiz. bu hol qanday baholanadi? Savollarimni ko‘pligi uchun yana bir bor uzr . Alloh ilmingizni ziyoda qilib anbiyolarga me’rosxo‘r bo‘ladigan olimlar qatoridan etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qog‘oz bilan poklash ham kifoya qiladi. 2). Bunchasi avf qilinadi. Tahorat olgandan keyin chiqqan bo‘lmasa bo‘ldi. 3). Ha. 4). Tahmin qilib turib, uch marta yuvib uch marta siqiladi. 5). Chiqqan bo‘lsa tahorat ketib, yangi tahorat olish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar