Nasiyaga mol olib mijozga sotish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men chinni bozorda ishlayman. Savdo vaqtida bozordagi hamkasblardan sotishga biror narsa kerak bo‘lsa, borib qarzga olib kelamiz. Hisob-kitob daftariga yozib qo‘yishadi. Bizning do‘kondan ham shunday juda ko‘plab bozordagilar yugurib, shoshib kelib yozib turing keyin hisob kitob qivolamiz, deb qarzga olib ketishadi. Mijoz ketib qomasin deb aytishmasa ham yozib qo‘yishga odatlanib qolganmiz. Pulini keyin olamiz, ayrimlaridan biz ham narsa olgan bo‘lamiz, keyinroq hisob-kitob qilamiz. Aksariyat do‘konlarda faqat vitrina bo‘ladi, do‘konga oldindan hamma mollarni olib qo‘yishmaydi, chunki sig‘maydi. Bizdan qarzga mol so‘rab kelishsa beraveraylikmi? Ular ko‘pi kechki payt pul berishadi. Bizni topayotgan pulimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom deya olmaymiz. Lekin savdoni bu ko‘rinishi o‘ziniki bo‘lmagan narsani sotishga kirib qolish ehtimoli bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Bunday holatda qo‘shni do‘konimizda bor o‘shandan olavering, deyish musulmonning axloqi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:38 | Savol-javoblar | 182 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar