Arabiston cho‘lidagi buloq
Assalomu alaykum! Yaqinda internetda tarqalgan bir videoni ko‘rdim. Unda yozilicha qiyomat yaqinlashganda arabiston cho‘lida buloq paydo bo‘lib u joylar yashillikka burkanar ekan. Videoni ko‘rdim, katta miqdorda suv otilib chiqmoqda edi. Bu xaqida Qur’onda va xadisda aytilgan ekan. Shu ma’nodagi oyat va xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu haqida sahih hadis bor. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يَكْثُرَ الْمَالُ وَيَفِيضَ ، حَتَّى يَخْرُجَ الرَّجُلُ بِزَكَاةِ مَالِهِ ، فَلَا يَجِدُ أَحَدًا يَقْبَلُهَا مِنْهُ ، وَحَتَّى تَعُودَ أَرْضُ الْعَرَبِ مُرُوجًا وَأَنْهَارًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi molining zakotini olib chiqib undan uni qabul qiladigan kishini topa olmaydigan darajada mol ko‘payib, hamma yoqqa tarqalmaguncha va arab erlari o‘tloqzor va anhorlar bor holiga qaytmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi” deganlar.
Muslim rivoyati.
Hozirda fan arab qumliklari ostida qachonlardir o‘rmonzorlar va daryolar bo‘lganini aniqladi. Yildan-yilga esa qumliklar yana o‘sha holiga qaytmoqda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim