Ayol eridan beso‘roq pulini ishlatishi

Assalomu alaykum! Islomda ayol kishi eridan beso‘roq mol mulkini tarqatish gunox ishlardan biri deb yozilgan. Men oilada 1dona qizman 2ta akam bor. Xo‘jayinim savdogarla, o‘zimizga judayam to‘qmiz. Allohga shukur onamni uyiga uzoq-uzoqda bir boraman. Shunda onamga deb ro‘mol yoki paypoq va shunga o‘xshash sovg‘a olgim keladi. Lekin xo‘jayindan beso‘roq olmayman. Agar so‘rasam sen meni xasmimsan, onenga narsa olib borishing shartmas, 2ta akang bor o‘shalar olsin deydi. Qizlar onani duosini olish kerakmasmi? Faqat o‘g‘illar olish kerekmi? Indamay puldan olib onamga sovg‘a salom olishimga meni xam xaqqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erlar ham ayoldagi ehson qilish ehtiyojini qondirishi uchun ularga ma’lum bir miqdorda haq ajratib turishlari kerak. Ayollar ham silai rahm qilishga buyurilganlar. Erlari kasb qilib pul topishlaridan man qilsa o‘z yonidan pul berib turishi kerak. Hamma ulug‘larimiz imkoniyatiga qarab ayollariga nafaqasidan tashqari pul berib turishni maslahat berganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar