Ruhlar ham o‘ladimi

Assalomu alaykum! Yaqinda o‘rgandimki Alloh taoloning Oxir va Voris ismlari bor ekan. Ya’ni maxluqotlar yo‘q bo‘lib ketgandan keyin xam U mavjud bo‘ladi. Savolim shuki jannat abadiy deyilgan bo‘lsa qanday qilib uning oxiri bo‘ladi? Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsa Robbim O‘zi kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ham tirik Alloh ham tirik. Allohning tirikligi O‘z zotida, uni birov tiriltirgan emas, U zotga birov hayot bergan emas. Bunday bo‘lishi ham muhol, chunki Alloh O‘zi hayot beruvchi. Hayotni hech kimdan olmaydi. Sizni tirikligingiz esa Alloh bergani uchun tiriksiz. Allohning Oxir ekanligi ham shunday. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 155 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar