Maxrni berolmagan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Ayol kishiga beriladigan maxr eng kami qancha miqdorda berilish kerak? Maxr bermasdan ayoli bu dunyodan o‘tgan bo‘lsachi? Shuncha miqdorda exson qilsa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning merosxo‘rlariga beradi. Masalan birinchi merosxo‘r er bo‘ladi. O‘g‘il qizlari bo‘lsa meros tartibi bo‘yicha tarqatiladi. O‘sha vaqtning 10 dirhamini hisobga olsa eng kami hozirgi kunda 100 dollarga to‘g‘ri kelarkan. Chunki o‘sha davrlarda 20 tilla 200 dirhamga to‘g‘ri kelgan. Mahrning eng ozi esa 10 dirham deyilgan. Er o‘lgan ayolining mahrini merosxo‘rlarga tarqatib yubormasa qiyomatda qarzdor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar