Faxsh tarqatuvchilarga eslatma

Assalomu alaykum! Faxsh narsalarni tarqatadigan insonlar uchun xam ogohlantiradigan oyat xadislar xam bormi? Men ba’zi ijtimoiy tarmoqdagi kanallarga yozdim, foydasi bo‘lmayapti, axir shularni deb qancha insonlar yomon bo‘lib ketyapti. Oilasi buzilyabdi, axir ummat qanday iymon lazzatini tortadi, shu narsalarga mukkasidan ketib namoz o‘qiy olmagan birodarlarimiz qancha?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi:  إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ۝ 19. Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar