Qanday yo‘l tutay ?

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, bundan bir necha yillar muqaddam otam o‘rikzor shirkatida ishlardi. U erdan printer bilan kompyuter stoli olib kelgan edilar. O‘sha yillari xarom nima xalol nima bilmasdim. Alhamdulillah Allohim xidoyat berdi. Endi men o‘sha olib kelingan narsalarni nima qilay ustoz? Olib borib beraman desam shirkat davlat xisobiga o‘tib ketgan. Otamga olib borib beraylik desam xo‘jayinlar yo‘q, ular ishdan ketgan deb bermadilar. Uyda turibdi, ishlatmayapman. Uni sotib pulini savob umidida emas o‘sha insonlarni nomidan berib yuboraymi  yoki ishlatib yuraveraymi?
2). Qiz bolaga qanday ism qo‘ysa bo‘ladi Omina yoki Sofiya?
3). Yaqinda Alloh nasb qilsa farzandli bo‘laman. Aqiqani qilishka sharoitim bor lekin bo‘ynimda azgina qarzim xam bor edi. Faqat bittasiga qurbim etadi xozircha. Qarz bergan odamlar qistamayapti topkaningda berasan deb aytishgan. Lekin qarz bilan yurish qiyin bo‘lmoqda. Oldin qarzimni to‘lab aqiqa qilaymi yoki qarzimni berib pul yig‘ib keyin aqiqa qilgan afzalmi? Iltimos ustoz maslaxat bering. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). U kimning haqqi bo‘lsa o‘shanga olib borib bering. 2). Joiz . 3). Qarzni bering, keyin aqiyqa qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar