G‘uslda burunga suv olganiga shubxalansa

Assalomu alaykum! Bugun tongda bomdoddan oldin turib junublikdan g‘usl qildim va namoz o‘qidim, keyin ko‘nglimga shubxa keldi burnimni chaydimmikan deb. Keyin burnimni chayib oldim. G‘uslim ado bo‘lganmi yoki boshqatdan g‘usl qilishim kerakmi, lekin kechki payt junublikdan keyin og‘zimni va burnumni chayib yotgan edim. Shu mavzuga oydinlik kiritib bersangiz, javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslni birdaniga qilish shart emas. Mabodo burunni chayish esdan chiqib qolgan bo‘lsa esiga tushganida chayib olaveradi. Albatta chaymasdan oldin o‘qigan namozlarini qaytadan o‘qiydi. Chunki g‘usldan to‘liq poklanmagan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar