Turli savollar-2
Hurmatli Shayx hazratlari, avvalo sizni va barcha yaqinlaringizni Qurbon hayiti ila muborakbod etishga izn bergaysiz. Doimo biz muhlislaringizning baxtimizga sog‘-omon bo‘ling. Bizni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan harakatlaringizni Allohim ulug‘ ajrlar ila mukofotlasin. Hazrat, vaziyatdan foydalanib sizga "Yahshilik va silai raxm" deb nomlangan kitobingiz ila bizni quvontirganingiz uchun tashakkurlar aytmoqchiman. Ushbu kitobingiz mening hayotimni ijobiy tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi. Alloh rozi bo‘lsin sizday zotdan. Hazrat, endi ijozatingiz ila sizga ayrim savollar ila murojaat etsam: 1. Hazrat, "Yahshilik va silai raxm" kitobinning 2-juzi, 269-betida "Mushriklarning hadyalari haqida bob" degan bob ochilgan, lekin uning ostiga ko‘p nuqta (...) qo‘yilib, hech narsa yozilmagan, Hazrat, buning boisi nima ? 2. www.islom.uz saytida sizning qalamimgizga tegishli - "Islom hamrga qarshi" degan kitobingiz qo‘yilgan, lekin uni ochib o‘qiyman desangiz - "Islom giyohvandlikka qarshi" deb nomlangan kitob chiqadi. Bu kitobning nomi o‘zgarganmi, yoki bu ikkisi ikki turli kitoblarmi ? 3. Hadis va Hayot silsilasining 27-juzini ham nashrdan chiqishini Alloh muyassar ayladi. Bizni bundayin tufha ila quvontirgan sizdayin zotdan Allohim rozi bo‘lsin. Sizni bu hizmatingiz evaziga ulkan ajru savoblar ila ulug‘lasin. Hazrat, shu kitobingizning muqovasida "Axyorlar va diyorlar fazli", ichida esa "Ahyorlar va diyorlar fazli" deb yozilgan. Qay biri to‘g‘ri ? Axyor yoki Ahyor ? Hazrat, bergan javoblaringiz uchun oldindan tashakkur, Alloh sizni hamisha himoyasida asrasin. Martabangiz bundanda ulug‘, ilmingiz bundanda ziyoda bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Tekshiruvdan o‘tmagan.2. Ikkisi bir. 3. Muqova to‘g‘ri.
6 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Tekshiruvdan o‘tmagan.2. Ikkisi bir. 3. Muqova to‘g‘ri.
6 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar