Qazo namozlarini o‘tirib o‘qish
Assalomu alaykum! Onamning oyoqlarida nuqson bor (bir oyoqlari kalta) va suyak emirilishi kasalligi bo‘lganligi tufaylik oyoqlarida doimiy qattiq og‘riq bor. Namozlarini qiynalib tik turib o‘qiydilar (o‘tirib o‘qishga ko‘ngillari bo‘lmaydi). Onam qazo namozlarini o‘qimoqchilar. O‘tirib qazo namozlarini o‘qisalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan og‘riq bo‘lsa jonni azoblashga hojat yo‘q. Tik turib boshlab qolganini o‘tirib o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 161 | Namoz