Tadbirkorlikda qarz

Assalomu alaykum! Men tadbirkorlik qilish uchun uskuna sotib olmoqchiman va ushbu uskunani bir firma ikkinchi firmadan menga olib beradi. Uskuna Xitoydan keltiriladi, ahamiyati bo‘lsa kerak deb aytdim. Xitoydan uskuna olib keladigan firma boshqa. Olib beradigan firma menga ustiga narx qo‘yib, keyin menga ma’lum muddatga sotadi. Savdo men uchun to‘g‘ri bo‘ladimi? Alloh xayrli ishlaringizni bardavom qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar sizga ustiga narx qo‘yib sotayotgan firma belgilangan muddatdan kechiktirganingiz uchun ustama to‘lashni shartnomada shart qilingan bo‘lsa, joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar