Xojatxona abdastasi tagidagi yozuv

Assalomu alaykum! Men masjid mustaxabxonasiga kirib, obdastaning tagidagi yozuviga ko‘zim tushdi. U erda “....... Aziz plast” deb chiqargan korxona nomi yozilgan ekan. Buni ko‘rib masjid xodimiga aytib qo‘ydim. Ammo qo‘nglim to‘lmadi. Chunki, shu kabi obdastalarni boshqa masjidlarda ham ko‘rganman. Shu holatda qanday yo‘l tutish lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Obdasta chiqaradiganga murojaat qilish kerak. Aziz, Alloh taoloning sifati. Tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuning uchun nom tanlashda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar