Ijtimoiy tarmoq
Assalomu alaykum! Ishlaringizga rivoj tilayman! Ijtomiy tarmoqlarda xususan “Instagram” tarmog‘ida noma’lum odamlar tomonidan har xil “Gruppalar” ochishmoqda va bu kundan kunga ko‘payib, bugun ham bir gruppaga ko‘zim tushdi. Unda o‘zbek qizlarini birma bir rasmini qo‘yib tagiga har xil behayo va yomon so‘zlar yozishyapti. Qizlarni o‘zi “nega mani rasmimni qo‘ydiz olib tashlang” deyishsa, ularga javoban “sen shunaqa yomonliging uchun xalq ko‘rsin deb qo‘ydim” deyishyapti. To‘g‘risi bularni ko‘rib juda jaxlim chiqdi. To‘g‘ri rasmlardagi qizlar ham yomon ahvolda tushishgan. Ammo birovning aybini butun xalqqa namoyish qilish yaxshi emas deb o‘ylayman. Aytingchi ming yomon inson bo‘lsa ham uni butun xalq oldida uyatga qo‘yish yaxshimi? O‘sha gruppaning boshida turgan insonning shu ishichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘zganing haqqiga tajovuz hisoblanib, bu shar’an harom amaldir. Ayol-qizlarga ham nasihat shuki, odob va islomiy doiradan chiqishmasin. Siz kabilar ham bunday fosiqlik va harom joylarga kirmasiligingiz kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom