Nasroniy ayol mahr oladimi

Assalamu alaykum! 1 Nasroniy ayol ham mahr oladimi? 2 Bir Musulmon erkak nasroniy ayolga uylansa, u ayolning erining ustidagi haqlari huddi muslima ayolning haqlari bilan bir hilmi? 3 Nikohda ayol tomonda guvoh kelishligi shartmi yoki kuyov tomon 3 yoki 4 ta guvoh keltirsa kifoya qiladimi. 4 Guvohlar Musulmon bo‘lishigi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Unga ham mahr berish vojib.2) Nasroniy ayolning musulmon ayoldan merosdan boshqa huquqlarida farq yo‘q. Musulmon va g‘ayridinlar o‘zaro meros olishmaydi.3) Ayol tomonidan guvoh bo‘lishligi shart emas.4) Kelin musulmon bo‘lsa guvohlar ham musulmon bo‘lishi shart. Kelin zimmiya bo‘lsa guvohlar ham zimmiy bo‘lishi joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar