Taqdir bitib qo‘yilgan bo‘lsa namoz o‘qishdan nima foyda
Assalomu alaykum! Inson bir amali bilan do‘zaxiy bo‘lib ketishi haqidagi javobda, o‘ylashimcha, faqat xadis tushintirib berilgan. Ammo savolga javob berilmagan. Ochig‘ini aytsam, mana shu savolni o‘qimaguncha hayotim tinch edi, ixlos bilan ibodat qilib yashayotgan edim. Endi bo‘lsa, tinchlik yo‘q. "Umrim bo‘yi ibodat qilsam-ku, baribir qadarimda jahannam yozilgan bo‘lsa, unda ibodat qilishimni nima keragi bor?" , "Unday qilganim bilan, bunday qilganim bilan, baribir qadarimda jahanam yozilgan bo‘lsa, unda nima keragi bor?", kabi savollar tinchlik bermayapti. Taqvo qilmay desam, Allohdan qo‘rqaman, taqvo qilay desam, xadisga ko‘ra: taqvo qilamanmi yoki yo‘qmi baribir qaerga tushishim yozilib bo‘lgan. Agar shu hadisni eng yaqin odamim aytganda ham, "boshimni qotirma, vasvasaga sabab bo‘lyapsan, shuncha vaqtdan beri ixlos bilan qilgan ibodatlarimni va amallarimni bir pulga chiqaryapsan", - deb gapiga quloq solmagan bo‘lardim. Lekin bu xadisni sizlar eshitdim. Savol: Qanday e’tiqodda bo‘lishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir narsaga ahamiyat bering, insonni qilgan ibodatlari habata bo‘lmaydi, bunga shak shubha yo‘q. Habata bo‘ladigan ibodat esa asli ibodat bo‘lmagan bo‘ladi, chunki u Alloh uchun qilinmagan bo‘ladi. Murtad inson ibodatni xolis qilish darajasiga etmasdan yarim yo‘ldan qaytgan insondir. Chunki iymon qalbga singib ketsa u aslo qaytib chiqmaydi. Siz amalingizni habata bo‘lishini emas, qilayotgan amalingizni xolis Alloh uchun qilayotgan yoki qilolmayotganingizni g‘amini eng. Chunki holis qilsangiz yuzga yuz habata bo‘lmasligi aniq. Butun mo‘min musulmonlar qiladigan amalini holisligining g‘amini qilishi shart. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Amallar niyat qarab bo‘ladi” deganlar. Insonlarning eng axmog‘i amalini Allohdan boshqasi uchun qilganlardir. Og‘zidan chiqadigan nafas kabi chiqib yo‘q bo‘lib ketadigan maqtovga yoki ayblashga qarab amal qiladiganlardir. Ulug‘larimiz biror kitobni yozish yoki ommaning oldiga chiqib nasihat qilish uchun yillab niyatini holis qilishga vaqt sarflaganlar. So‘ng kitobni yozganlar va nasihat qilishga chiqqanlar. Siz shuning g‘amida bo‘ling. Hadisning sharhini qayta o‘qib chiqing. Har bir insonning baxtli yoki baxtsiz ekanligini faqat Alloh taoloning O‘zi biladi. Bilganda ham, O‘zining hamma narsani qamrab oluvchi ilmi ila azaldan biladi. Nafaqat insonga onasining qornida jon puflaganda, balki azaldan biladi. Ushbu hadisda aytilayotgan ma’no o‘sha azaliy ilmni qayd qilish, xolos. Butun insoniyat to‘planib olib, ichlaridan bittalarining haqiqiy baxtli yoki badbaxt ekanligini bilishga urinsalar ham, bila olmaydilar. Hatto payg‘ambarlarning sayyidi Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham faqat Allohning bildirishi ila o‘n kishininggina jannatga kirishi haqida bashorat berganlar, xolos. Qolganlarning nima bo‘lishini Allohning O‘zigina biladi. Alloh taolo o‘sha ilmni farishtalaridan biriga aytib, yozdirib qo‘yishi qiyin emas. Shu bilan birga, o‘sha ilmni yozib, qayd qilib qo‘yish bandani badbaxt yoki nekbaxt bo‘lishiga majbur qilish emas. Chunki ilm bir narsani kashf qiluvchi nurdir, birovni majbur qiluvchi kuch emasdir! E’tibor beraylik, endi hadisning davomida nima uchun odamlar bir-birlarining yoki o‘zlarining badbaxt yoki nekbaxt ekaknliklarini bila olmasliklari bayon qilinadi. Payg‘ambarimiz hadisning bu qismini: «Undan boshqa ilohiy ma’bud yo‘q Zot bilan qasamki», deb boshlamoqdalar. Bu esa kelajak gapning o‘ta muhim ekanligiga dalolatdir. «...albatta, biringiz jannat ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan jannatning orasida bir arshin qolganida undan o‘sha kitob o‘zib ketib, do‘zax ahlining amalini qiladi-da, unga kiradi». Odamning nima bo‘lishini kim bilar edi? Hatto o‘sha odamning o‘zi ham bilmaydi. Umr bo‘yi toat-ibodatda yurib, oxirida shaytonning ig‘vosiga uchib, ishi rasvo bo‘lishi mumkin.«Albatta, biringiz do‘zax ahlining amalini qilib kelib, o‘zi bilan do‘zaxning orasida bir arshin qolganida undan o‘sha kitob o‘zib ketib, jannat ahlining amalini qiladi-da, jannatga kiradi». Bunaqasi ham bo‘lishi mumkin. Umr bo‘yi nima qilib yurgan bo‘lsa-da, oxirgi paytda insonligi qo‘zib, yaxshi bir amal bilan holi batamom o‘zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, «Aqoid» ulamolari ushbu hadisi sharifni va shunga o‘xshash boshqa hadislarni dalil qilib: «Ahli qibladan muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy ekanligiga qat’iy hukm qilib bo‘lmaydi», deydilar. Ammo yuqorida zikr qilingan ikki holatda ham qadarning, Allohning sobiq ilmining majburiy ta’siri yo‘q. Kitobning o‘zib ketishi esa unda yozilgan ilmning o‘ta aniq va puxta ekanligini bildiradi xolos. Ushbu hadisi sharifda Allohning ilmi shomilu komil, anig‘u puxta, hamma narsani qamrab oluvchi ekanligi bayon qilindi. Bu haqiqatni birma-bir o‘rganib chiqdik. Hadisning oxirida inson o‘z amali asosida hukm chiqarib, Allohni unutib qo‘ymasligi yoki ko‘ngli bir oz bo‘lsa ham boshqa tomonga burilishi mumkin emasligi ta’kidlanmoqda. Hech kim «Umrim bo‘yicha yaxshi amal qildim, endi albatta jannatga kiraman», deb xotirjam bo‘lmasin! Hatto umrining oxirgi lahzasida ham ish boshqa tomonga aylanib ketishi mumkin. Chunki hamma narsa Allohning amri bilan bo‘ladi. Hech kim «Men umrim bo‘yi gunoh qilib o‘tdim, endi albatta do‘zaxga tushaman», deb noumid bo‘lmasin! Hatto umrining oxirgi lahzasida ham ish boshqa tomonga aylanib ketishi mumkin. Chunki hamma narsa Allohning amri bilan bo‘ladi. Ishlarning xotimasiga qarab, yakun yasaladi. Umrning intihosi qachonligini hech kim bilmaydi. Shuning uchun hayotning har lahzasini umrning oxiri deb bilish kerak. Yaxshilik qilib yurganlar oxirgi ishi yomonlik bo‘lib qolmasligi uchun intilishi kerak. Yomonlik qilganlar qolgan har bir lahzani umrining oxirgi lahzasi, deb yaxshilik qilishga o‘tishi kerak. Qazo va qadarga bo‘lgan iymonning foydasi ham shunda – kishini doimo yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarib turishida! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda