13-oylik ish xaqi
Assalomu alaykum! Ustozlar men davlat korxonasida ya’ni bankda ishlayman. Shu bois bir masalaning echimini bilolmay sizlardan so‘rashga qaror qildim. Bizda xar oylik maoshdan tashqari yil oxirida xisoblanadigan 13-oylik bor. Ushbu oylik xar yilning oxirgi Dekabr oyida xodimlarga xisoblanadi, ammo xisoblangan pullarni bizlarga bermay bankning 6 oylik ma’lum foizlar xisoblanadigan omonat xisob raqamiga joylashtirib qo‘yiladi va avval xisoblangan pul ustiga 6 oylik foiz summasini qo‘shib iyun oyida xodimlarga tarqatiladi. Bu pullarni xodimlar o‘z xoxishi bilan omonatga qo‘ymaydilar. Bu ishni ishxonaning o‘zi amalga oshiradi va 6 oydan so‘nggina oylik sifatida xodimlarga beradi. Bu pulga xisoblangan foizlar xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Foizlari halol bo‘lmaydi. Pulni aslini olib, foizlarini savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat