Go‘shtga yashirib suyak qo‘shish
Assalomu alaykum! Kecha bozordan go‘sht olgan edim menga lahm joydan ko‘rsatib o‘rayotganda suyak qo‘shib taroziga qo‘yib tortib berishibdi. Men aldamas deb uyga kelib ochsam suyak chiqdi. Buni hukmi qayday bo‘ladi? Men u kishiga va boshqa go‘sht sotuvchilarga halol puliga harom aralashtirib qo‘ymasinda deb yozayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim makr qilsa bizdan emas” deganlari kifoya qiladi. Ular o‘sib turgan daraxtlariga o‘zi bolta urgan insonlar hisoblanishadi. Ayni shu kabi qossoblarni juda ko‘p ko‘rdik. O‘zlari xor bo‘lishdi, bolalari ham ularni xor qilishdi. O‘sha haromni eb katta bo‘lgan bola bundan boshqa ish qilishi ham mumkin emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom