Namozdagi duo va sajdaning miqdori

Assalomu alaykum! 1). Farz namozini tugatib Allohuma antas salam va minkas salam taborakta yazal jalali val ikrom deyishni, qo‘l duoga ochilgandan keyin aytiladimi yoki aytib bo‘linib keyin qo‘l duoga ochilib omin qilinadimi? 2). 1-rakatdagi 2 sajda orasidagi vaqt qancha bo‘lishi kerak? Ba’zilar 3 marta subxonAlloh deganga ketadigan vaqtdan keyin yana sajdaga ketish kerak deyishdi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Farqi yo‘q.
2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Robbig‘firliy, Robbig‘firliy” der edilar. "Hadis va Hayot" kitobidagi boshqa bir rivoyatda quyidagicha keladi: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi:
«Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar