Go‘shxo‘r baliqlar

Assalomu alaykum! Ilon, laqa va shunga o‘xshash go‘shxo‘r baliqlardi esa bo‘ladimi? Ular go‘shxo‘r bo‘lgani uchun harom bo‘lmaydimi? Javob uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Halol bo‘ladi. Kit o‘zidan kichik dengiz jonvorlari bilan oziqlanadi. Shunday bo‘lsada hadisda uni go‘shti halol ekanligi ochiq-oydin aytilgan.جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: بَعَثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَلَاثَمِائَةِ رَاكِبٍ، أَمِيرُنَا أَبُو عُبَيْدَةَ بْنُ الْجَرَّاحِ نَرْصُدُ عِيرَ قُرَيْشٍ، فَأَقَمْنَا بِالسَّاحِلِ نِصْفَ شَهْرٍ، فَأَصَابَنَا جُوعٌ شَدِيدٌ حَتَّى أَكَلْنَا الْخَبَطَ، فَسُمِّيَ ذَلِكَ الْجَيْشُ جَيْشَ الْخَبَطِ، فَأَلْقَى لَنَا الْبَحْرُ دَابَّةً يُقَالُ لَهَا الْعَنْبَرُ، فَأَكَلْنَا مِنْهُ نِصْفَ شَهْرٍ، وَادَّهَنَّا مِنْ وَدَكِهِ حَتَّى ثَابَتْ إِلَيْنَا أَجْسَامُنَا، فَأَخَذَ أَبُو عُبَيْدَةَ ضِلَعًا مِنْ أَضْلَاعِهِ فَنَصَبَهُ، فَعَمَدَ إِلَى أَطْوَلِ رَجُلٍ مَعَهُ - قَالَ سُفْيَانُ مَرَّةً: ضِلَعًا مِنْ أَعْضَائِهِ فَنَصَبَهُ وَأَخَذَ رَجُلًا وَبَعِيرًا - فَمَرَّ تَحْتَهُ قَالَ جَابِرٌ: وَكَانَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ نَحَرَ ثَلَاثَ جَزَائِرَ، ثُمَّ نَحَرَ ثَلَاثَ جَزَائِرَ، ثُمَّ نَحَرَ ثَلَاثَ جَزَائِرَ، ثُمَّ إِنَّ أَبَا عُبَيْدَةَ نَهَاهُ. وَكَانَ عَمْرٌو يَقُولُ: أَخْبَرَنَا أَبُو صَالِحٍ: أَنَّ قَيْسَ بْنَ سَعْدٍ قَالَ لِأَبِيهِ: كُنْتُ فِي الْجَيْشِ فَجَاعُوا. قَالَ: انْحَرْ. قَالَ: نَحَرْتُ. قَالَ: ثُمَّ جَاعُوا قَالَ: انْحَرْ. قَالَ: نَحَرْتُ. قَالَ: ثُمَّ جَاعُوا قَالَ: انْحَرْ. قَالَ: نَحَرْتُ ثُمَّ جَاعُوا قَالَ: انْحَرْ. قَالَ: نُهِيتُJobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni – uch yuz otliqni Quraysh karvonini poylash uchun yubordilar. Amirimiz Abu Ubayda ibn Jarroh edi. Sohilda yarim oy turdik. Keyin qattiq och qolib, hatto xazon ham edik. Shuning uchun bu qo‘shin «Xazon qo‘shini» deb nomlanib qolgan. Keyin dengiz (to‘lqinlari) bizga anbar deb ataladigan bir jonivorni chiqarib tashladi. Biz undan yarim oy edik, badanlarimiz o‘z holiga qaytishi uchun charvisidan o‘zimizga surtdik. Abu Ubayda uning qovurg‘alaridan birini olib, tik qildi va yonidagi eng novcha kishini tanladi. – Sufyon bir safar: «A’zolaridan bir qovurg‘ani olib, tik qildi hamda bir kishini va bir tuyani oldi», deb aytgan. – Keyin u uning tagidan o‘tdi. Qavmdan bir kishi uchta tuya so‘ydi, so‘ng yana uchta tuya so‘ydi, so‘ng yana uchta tuya so‘ydi. Keyin Abu Ubayda uni bundan qaytardi».(Roviylardan biri) Amr shunday der edi: «Abu Solih bizga xabar berdiki, Qays ibn Sa’d otasiga bunday deb aytgan ekan: «Men ham o‘sha qo‘shinda edim, (Abu Ubayda) «So‘y», degan edi, so‘ydim. Keyin yana och qolishib, u yana «So‘y», degan edi, yana so‘ydim. So‘ng yana och qolishib, yana «So‘y», degan edi, yana so‘ydim. So‘ng yana och qolishib, yana «So‘y», dedi. Keyin esa bundan qaytarildim».Izoh: Tuya so‘ygan kishi haqidagi gaplar qo‘shinning oziq-ovqati tugab, ochlik boshlanganda, hut (kit) voqeasidan oldin bo‘lgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar