Oq solar

Assalomu alaykum! Onamning onalari vafot etgan edilar joylari jannatda bo‘lsin. Oq solar degan marosim bor ekan, unda azadorlarga kelganlar oq ro‘mol o‘ratar ekan azang tamom bo‘ldi degan ma’noni bildirar ekan. Bu ochiq bidat desam ota bobolarimizdan qilgan udum deyishdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda unday marosim yo‘q. Unaqa narsalarni dinni yaxshi bilmaydiganlar o‘ylab topishadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar