Halol rizq bo‘ladimi

Assalomu alaykum! 1. Musilmon emas balki xristian boshqa din vakili Bismillah Allohu Akbar Alloh nomi ila niyat qilgan xolida so‘ygan qo‘y, mol, tovuq va boshqa xalol xayvonlar go‘shti musulmon kishi uchun va boshqa din vakillariga xalol bo‘ladimi? 2). Bizni xamkorlikda foyda oladigan aptekamiz bor. Dorixonamizda tarkibida cho‘chqa oshqozon osti bezidan tayorlangan tabletkalar bor. Xamda spirt qo‘shilgan tabletkalar xam bor. Savolim shuki shu sotilgan dorilardan kelib tushgan pul oilamizga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha. Faqat ahli kitoblar Bismillah aytib so‘ysa halol bo‘ladi. Butga sig‘inuvchilar Bismillah aytib so‘ysa ham halol bo‘lmaydi. 2). Spirtligi joiz. Cho‘chqa mahsuloti borining o‘rindoshlariga almashtiring. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar