Ilmda garov o‘ynash

Assalomu alaykum! Ilm yo‘lida garov o‘ynash halolmi? Ma’salan men hozirgi kunda tarix fanini o‘rganmoqdaman. Bizni ustozimiz bizni jamoalarga bo‘lib har 2-3 haftada musobaqa tashkil qilib turadilar. Sababi tarixdan o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ko‘p bo‘lgani uchun oldingi o‘qigan kitobimiz esimizdan chiqmasligi uchun shunday qiladilar va yutgan jamoaga yutqazgan jamoalar narxi 10-15 ming atrofida kitob sovg‘a qilishi kerak(bu bolalarni qiziqtirish uchun va yanada yaxshiroq oqishi uchun). Shu holatda biz yutsak bizga o‘sha kitob halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar