Tibbiyot va oila

Assalomu alaykum! Alhamdulillah, tibbiyot oliygohida tahsil olaman, iloji boricha sohamning etuk mutaxassisi bo‘lib etishish uchun tirishib o‘qiyman, chet tillari ham o‘rganaman, Qur’on o‘qiyman, namozlarimni qazo qilmaslikka harakat qilaman. 19yoshdaman. Hali turmushga chiqmaganman, lekin ota-onam yaqin yillarda turmushga berishmoqchi. Meni shu turmush qurgandan keyingi hayot o‘ylantiradi. Farzandlarimni haqiqiy islomiy ruhda tarbiyalamoqchiman in shaa Alloh, Qur’on yodlattirmoqchiman, uning uchun men asosiy vaqtimni ular bilan o‘tkazishim kerak. Lekin tanlagan kasbimchi... tibbiyot sohasida o‘qish juda ham qiyin va ko‘p yillar, o‘z ustida ko‘p ishlash talab qiladi. Agar bu darajada qiyinligini tasavvur qilganimda balki avval boshqa soha tanlagan bo‘larmidim... Chala savod shifokor bo‘lib qolishdan juda qo‘rqaman. Bir tarafdan oilam va farzandlar tarbiyasi, yana bir tarafda kasbim... Muslima ayol sifatida qanday yo‘l tutganim ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasbingizni etuk mutaxassisi bo‘lishga harkat qiling. Alloh taolo farzandlaringiz kamoliga sabab bo‘ladigan insonni ro‘baro‘ qilib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar