Masjidga masofadan iqtido qilish

Assalomu alaykum! Biz safarda birovning uyida ustachilik bilan shug‘ullandik. Namoz payti shu joydagi masjid imomining qiroati va Allohu akbar lafzlari bizga bemmalol eshitilar darajada edi. Shu holatda biz masjidga chiqmagan holatda, ishlayatgan uyda turib masjid imomiga iqtido qilib namoz o‘qishimiz mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizning mazhabimizda joiz emas. Masjid xonaqosi va xovlisidan tashqari ko‘chada saf tortilganda saf ulanishi shart. Fuqaholar saf orasidan bitta otarava o‘tadigan joy qolgan bo‘lsa, orqadagilarning namozi namoz bo‘lmaydi deganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar