Ziyoratdan maqsad

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlaridan boshqa qabrlarni ziyorat qilishdan maqsad nima bo‘lish mumkin? Agar qabr egasiga savob umidida borilgan bo‘lsa qabrga bormasdan xam Qur’on tilovat qilsa savobi bormaydimi? Ziyoradan asosiy maqsad nima bo‘lishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson tabiatiga ba’zi bir narsalarni ta’sir qilishi joylashtirilgan. Masalan qalbi qorayib ketganlar etmni boshini silasin, shunda qalbi yumshaydi deyilgan. Qalbida kibrni xis qilganlar og‘ir bemorlarni ziyorat qilsin, kibri ketadi deyilgan. Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tez-tez qabrlarni ziyorat qilishga buyurganlar. Sababini bayon qilib u oxiratni eslatadi deganlar. Qabrga shuning uchun ziyoratga boriladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 135 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar