Junublik

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, «Alloh taoloning zikrini ado etish uchun zokir ma’naviy va jismoniy jihatdan pok bo‘lishi shart. Dil va til bilan bajariladigan zikrlar, masalan, tasbeh, tahlil, tahmid, takbir, Payg‘ambarimizga salavotlar va duolarni tahoratsiz, junub, hayzli, nifosli holda ham aytaverish joiz. Junub kishi, poklanmagunicha Qur’on oyatlaridan xoh uzun, xoh qisqa oyat bo‘lsin, tilovat qilishi haromdir. Yo‘lda yurib ketayotgan va hammomda yuvinayotgan holda zikr qilish mumkin». Savolim shundan iboratki: Man jinsiy aloqa qilmasam xam ba’zida maniy chiqadi. Lekin ko‘p xollarda g‘usl qilmasdan (qog‘ozda artib tashlab) yotishdan oldin: Takbir, Tasbex, Xamd, Salovat, duo va suralar o‘qib yotaman. Xar safar «Fotiha» va «Ixlos» suralaridan boshliman. Yuqoridagi qo‘shtirnoq ichidagi(junub kishi, poklanmagunicha Qur’on oyatlaridan xoh uzun, xoh qisqa oyat bo‘lsin, tilovat qilishi haromdir) degan gaplarni o‘qib rosa xovotirga tushib qoldim. Demak man shuncha vaqtdan beri savob olaman deb aslida gunohga qovotkan ekanmande? Iltimos bu xolatga uz fikringizni bildiring. Agar yuqoridagi gap rost bo‘lsa endi nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri junub holatda tilovat qilish joiz emas. Tavba qiling. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 95 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar